platina.uz
Jamiyat

TOP-300 talikka kirgan universitetlarda oʻqimoqchi boʻlganlarga taʼlim krediti beriladi

Kredit 1 oʻquv yili uchun 20 ming AQSh dollarigacha miqdordagi ekvivalentda milliy valyutada ajratiladi.

TOP-300 talikka kirgan universitetlarda oʻqimoqchi boʻlganlarga taʼlim krediti beriladi

Hukumatning 2 martdagi qarori bilan “Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqish istagidagi yoshlar va pedagog xodimlarga taʼlim kreditini ajratish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan imtiyozli taʼlim kreditini ajratish va ularni qaytarish tartibini belgilaydi.

Nizomga koʻra, taʼlim krediti quyidagi talablarga javob beradigan yoshlar (30 yoshdan oshmagan, shu jumladan, 30 yoshda boʻlgan) va pedagoglarga ajratiladi:

  • QS (Quacquarelli Symonds) yoki THE (The Times Higher Education) boʻyicha TOP-300 talikka kiritilgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilingan;
  • Oʻzbekiston fuqarolariga.

    Kredit ularning bakalavriat hamda magistratura dasturlarida taʼlim olishlari uchun ajratiladi.

Kredit 1 oʻquv yili uchun 20 ming AQSh dollarigacha miqdordagi ekvivalentda milliy valyutada ajratiladi.

Kreditning asosiy qarzi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng 7-oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

Kredit oluvchi bankka murojaat qilishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • ariza;
  • shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
  • taklifnoma-xat (1-kurslar uchun);
  • akademik oʻzlashtirish natijalari (2-kursdan boshlab);
  • toʻlov-kontrakt asosida oʻqish boʻyicha shartnoma hamda oliy taʼlim tashkilotining bank rekvizitlari koʻrsatilgan invoys;
  • birgalikda qarz oluvchilarning soʻnggi 12 oylik daromadlari yuzasidan maʼlumot;
  • mehnat daftarchasidan koʻchirma (30 yoshdan oshgan pedagoglar uchun).

Taʼlim krediti stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilanadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid