platina.uz
Jamiyat

Taxiatosh tumaniga hokim tayinlandi

Sessiyada Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining raisi Amanbay Orinbayev ishtirok etgan.

Taxiatosh tumaniga hokim tayinlandi

Sdikov Islambek Muratbayevich Taxiatosh tumani hokimi etib tayinlandi. Bugun xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari boʻlib oʻtgan.

Sessiyada Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining raisi Amanbay Orinbayev ishtirok etgan.

I.Sdikov faoliyati davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha kotibiyat boshligʻi, Xoʻjayli tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

U bugungi kunga qadar Joʻqorgʻi Kengesning Sanoat qurilish, transport va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisi lavozimida ishlab kelgan.

Tumanning avvalgi hokimi Kamiljan Aytbayev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari – qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimiga tayinlangan edi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid