Shofirkon tumaniga yangi hokim tayinlandi
Bugun xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Amonov Moʻmin Olimovich Shofirkon tumani hokimi etib tayinlandi. Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ushbu masala koʻrilgan.
M.Amonov 1988 yilda Shofirkon tumanida tugʻilgan. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini tamomlagan.
Ayni paytga qadar u Buxoro shahar hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari – obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Bungacha tumanga 2023 yil apreldan beri Alisher Fayzulloyev rahbarlik qilayotgan edi.
