platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Ummonga borishi kutilyapti

Telefon orqali muloqotda Yaqin Sharqdagi hozirgi murakkab vaziyat muhokama qilinib, beqarorlik jiddiy tashvish uygʻotayotgani qayd etilgan.

Shavkat Mirziyoyev Ummonga borishi kutilyapti

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ummonga davlat tashrifi bilan borishi kutilyapti. 4 mart kuni Shavkat Mirziyoyev va Ummon sultoni Haysam bin Toriq Ol Said oʻrtasida telefon suhbati boʻlib oʻtdi.

Ummon Sultoni Oʻzbekiston yetakchisiga hamjihatlik va birdamlik tuygʻulari uchun tashakkur izhor etib, Masqatga boʻlajak oliy darajadagi tarixiy tashrif yuksak saviyada oʻtishiga ishonch bildirgan.

Muloqotda Yaqin Sharqdagi hozirgi murakkab vaziyat muhokama qilinib, yuzaga kelgan beqarorlik jiddiy tashvish uygʻotayotgani qayd etilgan.

Oʻzbekiston Prezidenti Ummon hududida sodir boʻlgan bunday harakatlardan xavotirda ekanini bildirib, Oʻzbekiston har qanday qarama-qarshilik hamda ziddiyatni siyosiy-diplomatik va tinch yoʻllar bilan, muzokaralar orqali hal qilishning qatʼiy tarafdori ekanligini taʼkidlagan.

Shuningdek, Ummonda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolarining xavfsizligini taʼminlash va ularni Vataniga qaytarish uchun yaratilayotgan shart-sharoit uchun Sulton Aʼlo hazratlariga chuqur minnatdorlik bildirgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid