Qoraqalpogʻistonda ikkita yangi vazir tayinlandi
Ularning biri tuman hokimi, ikkinchisi Joʻqorgʻi kenges apparatida sektor boshligʻi boʻlib ishlagan.

Qoraqalpogʻistonda iqtisodiyot va moliya vaziri hamda qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimlarida oʻzgarish boʻldi.
Shamuratov Atamurat Shamunovich Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga tayinlangan.
U tayinlovga qadar Joʻqorgʻi Kenges apparatining investitsiyalar, kichik biznes va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash sektori boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Oldingi vazir Yerlepesov Nurullan Umirzakovich lavozimidan ozod etilgan. U 2025 yil yanvarda tayinlangandi.
Shuningdek, Aytbayev Kamiljan Kurbanbayevich Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari – qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimiga tayinlangan.

Bunga qadar u Taxiatosh tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan. Avvalgi vazir Kaypov Daryabay Jaksibayevich 2024 yil oktabrda tayinlangan edi.
