Qatarda 11 yoshli oʻzbek bolasi halok boʻldi
Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli u oilasining roziligi bilan oʻsha mamlakatda dafn etilgan.

Toshkentda tugʻilgan 11 yoshli M.A. Qatardagi yoʻl-transport hodisasida vafot etdi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.
Qatardagi Oʻzbekiston elchixonasi diplomatlari halok boʻlgan bolakayning dafn marosimini tashkil etishda amaliy yordam koʻrsatgan.
Marhumning oila aʼzolariga ham har tomonlama amaliy yordam koʻrsatilgani va dafn marosimlari ular bilan yaqin hamkorlikda hal qilingani aytilgan.
Mintaqadagi mavjud vaziyatni, shuningdek, transport va logistika bilan bogʻliq amaldagi cheklovlarni hisobga olgan holda, oilaning roziligi bilan marhumning jasadi barcha milliy va diniy anʼanalarga muvofiq Qatarda dafn etilgan.
