platina.uz
Jamiyat

Qarshi va Buxoroda bozor rahbarlari ushlandi

Qarshida bozor rahbari savdo doʻkonini tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga, undan 80 ming AQSh dollari talab qilgan. 

Qarshi va Buxoroda bozor rahbarlari ushlandi

Qarshi va Buxoro shaharlarida bozor rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar oʻtkazildi. Unda dehqon bozorlarining mansabdor shaxslari auksion orqali sotilishi kerak boʻlgan savdo nuqtalarini shaxsiy moddiy manfaatdorlik evaziga, fuqarolarga noqonuniy ravishda sotish bilan shugʻullanib kelayotganlik holatlari aniqlandi.

Jumladan, Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi dehqon bozori raisi va nazoratchisi oʻzaro til biriktirib, bozor hududida yangi qurilgan, 110 m2 maydondagi savdo doʻkonini tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga, undan 80 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 30 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa holatda esa Buxoro shahridagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ulgurji sotiladigan bozor rahbari va ish yurituvchisi oʻzaro til biriktirib, bozor hududida yengil konstruksiyali savdo doʻkoni qurib, tadbirkorlik bilan shugʻullanishi uchun 120 m2 yer maydoni ajratib berish evaziga fuqarodan 11 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ularning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a, v” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid