Prezident sudya ayollarni taqdirladi
Ular orasida Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud sudyalari va hududiy vakillar bor.

Prezidentning "10 mart – Xalqaro ayol sudyalar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi" farmoni eʼlon qilindi.
Unga koʻra, quyidagilar mukofotlandi:
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Astanova Umsun - Oʻzbekiston sud organlari faxriysi
«Doʻstlik» ordeni bilan
Balkibayeva Janagul Ismaylovna - Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi
«Mardlik» ordeni bilan
Rabiyeva Muxabbat Mirjalilovna - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi
«Jasorat» medali bilan
Yeshnazarova Gulistan Allanazarovna - Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyasi
Shamsutdinova Elza Rifovna - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi
«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan
Asranova Gulnoraxon Abdurasulovna - Andijon viloyati sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudyasi
Boltaxodjayeva Iroda Abdukarimovna - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi
«Shuhrat» medali bilan
Aymaganbetova Janat Bisenbayevna - Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining sudyasi
Dusmatova Mahsuda Musurmonovna - Toshkent viloyati sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyasi
Yulchiyeva Soxibaxon Qodirjonovna - Fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanlararo sudining raisi.
Avvalroq Prezident bayram munosabati bilan bir guruh ayollarni mukofotlagandi.
Shuningdek, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari roʻyxati ham eʼlon qilindi.
