platina.uz
Jamiyat

Navoiydagi YTHda 4 kishi halok boʻldi

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, avtohalokatga quvib oʻtish qoidalarini buzish sabab boʻlgan.

Navoiydagi YTHda 4 kishi halok boʻldi

Navoiy viloyatining Konimex tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida 4 nafar fuqaro vafot etgan. Bu haqda "Millar" dasturida xabar berildi.

Hodisa 22 fevral kuni yuz bergan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, avtohalokatga quvib oʻtish qoidalarini buzish sabab boʻlgan.

Navoiy viloyati IIBning maʼlum qilishicha, hodisa oqibatida 2 fuqaro voqea joyida, yana 2 kishi esa shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozir tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid