platina.uz
Jamiyat

Homilador talabalarga “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi

Mazkur talabalar fanlar farqini mustaqil oʻzlashtirishi uchun qoʻshimcha muddat berilib, boshqa zarur shart-sharoitlar ham tashkil etiladi.

Homilador talabalarga “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi

2026/2027 oʻquv yilidan homilador talaba-qizlarga yoki 3 yoshgacha boʻlgan farzand tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi talabalarga oliy taʼlim olish uchun “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi.

Bunda kursdan kursga qolgan yoxud talabalar safidan chiqarilgan shaxslarga, istisno tariqasida, fanlar farqini qayta oʻzlashtirish sharti bilan taʼlimni davom ettirish imkoni yaratiladi.

Talabalar fanlar farqini mustaqil oʻzlashtirishi uchun qoʻshimcha muddat beriladi va boshqa zarur shart-sharoitlar tashkil etiladi.

Homilador talaba-qizlar yoki 3 yoshgacha boʻlgan farzand tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi talabalarga akademik taʼtil davrida, ularning xohishiga koʻra, masofaviy taʼlim shaklida oʻqishni davom ettirish imkoniyati beriladi.

Shuningdek, masofaviy taʼlim shaklida kadrlar tayyorlash boʻyicha taʼlim yoʻnalishlari va qabul koʻrsatkichlarini oshirish orqali homilador talaba-qizlar yoki 3 yoshgacha boʻlgan farzand tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi talabalarga taʼlimni davom ettirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratiladi.

Akademik taʼtilga chiqqan, kursdan kursga qolgan va talabalar safidan chiqarilgan homilador talaba-qizlar yoki 3 yoshgacha boʻlgan farzand tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi talabalar yuzasidan alohida statistik maʼlumotlar yuritiladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid