AQSh elchisi bilan Yaqin Sharqdagi vaziyat muhokama qilindi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Muzaffar Madrahimov Jonatan Henik bilan uchrashdi.

3 mart kuni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Muzaffar Madrahimov Amerika Qoʻshma Shtatlarining Oʻzekistondagi elchisi Jonatan Henik bilan uchrashib, Yaqin Sharqdagi vaziyat boʻyicha fikr almashgan.
Shuningdek, muloqot davomida ikki tomonlama kun tartibidagi keng koʻlamli masalalar, oliy va yuqori darajada erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi koʻrib chiqilgan.
Tomonlar Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish, xususan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish istiqbollarini ham muhokama qilgan.
