5 ta viloyatga sud raislari tayinlandi
Bu haqda Prezidentning 2026 yil 3 martda tegishli farmoyishlari imzolangan.

Prezidentning 3 martdagi tegishli farmoyishlari bilan 5 ta viloyatda sud raislari tayinlandi.
Jumladan:
- Mirzayev Adxamjon Akramovich – besh yil muddatga Andijon viloyati sudi raisi;
- Tollibayev Kamoliddin Sunnatovich – sudyalik lavozimida boʻlishning muddatsiz davriga, shundan besh yil muddatga Toshkent viloyati sudi raisi;
- Rajabov Dilshod Majidovich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Samarqand viloyati sudi raisi;
- Elmurodov Anvar Normuratovich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Qashqadaryo viloyati sudi raisi;
- Bayzakov Tolib Saydullayevich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Surxondaryo viloyati sudi raisi lavozimiga tayinlangan.
