platina.uz
Jamiyat

Toshkentning 2,3 ming gektardan oshiq hududida qurilish ishlari amalga oshiriladi

Loyiha qiymati 16,2 mlrd AQSh dollariga baholangan. Natijada 15 mln kv metrdan ortiq turar va noturar joylar barpo etiladi. 

Toshkentning 2,3 ming gektardan oshiq hududida qurilish ishlari amalga oshiriladi

Toshkentda 2 311,4 gektardan ortiq hududda yirik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi.

28 fevral kuni Toshkent shahrida kompleks qurilish tamoyili asosida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda yashil hududlarni barpo etish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Unga muvofiq, poytaxtning 2 311,4 gektar hududida qurilish ishlari amalga oshiriladi. Loyiha qiymati 16,2 mlrd AQSh dollariga baholanmoqda. Natijada 15 mln kv metrdan ortiq turar va noturar joylar barpo etiladi. 260 mingga yaqin yangi ish oʻrni yaratiladi.

Loyihalar Toshkent shahrining barcha tumanlarini qamrab oladi. Ayrim hududlarda zamonaviy turar-joy majmualari, savdo va xizmat koʻrsatish obʼektlari hamda muhandislik infratuzilmasi barpo etilishi koʻzda tutilgan.

Shuningdek, hujjat bilan 2024 yilda tasdiqlangan ayrim qurilish loyihalariga oʻzgartirishlar kiritilib, renovatsiya va rekonstruksiya ishlari roʻyxati kengaytirildi.

Shaharda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik koʻchmas mulk loyihalaridan tushadigan infratuzilma toʻlovlari va boshqa ajratmalar – yangi parklarni tashkil etishning moliyalashtirish manbalari deb belgilandi.

Shuningdek, qarorga asosan, Toshkent shahrida:

-yer maydoni 1 gektargacha boʻlgan kichik va zich qurilishlardan voz kechiladi;

-umumiy maydoni 1,5 ming gektar boʻlgan 30 ta yirik turar va noturar joy majmualari quriladi;

-bu yirik koʻchmas mulk loyihalariga ajratilgan hududlarning kamida 30 foizi yashil maydonlar boʻlishi kerak.

Toshkent shahrining 2045 yilgacha moʻljallangan bosh rejasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid