platina.uz
Jamiyat

Toshkentdagi YTHda vafot etgan xodim mukofotlandi

Hosilbek Eshnazarov  25 fevral kuni 10-sinf oʻquvchisi sodir etgan YTHda ogʻir jarohat olib, shifoxonada olamdan oʻtgandi. 

Toshkentdagi YTHda vafot etgan xodim mukofotlandi

Toshkentdagi YTHda vafot etgan xodim mukofotlandi. Bu haqda Prezident farmoni eʼlon qilindi.

Toshkent shahar IIBBning yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi yoʻl-patrul xizmati inspektori, marhum kichik serjant Xosilbek Eshnazarov "Jasorat" medali bilan mukofotlandi.

U "mamlakatimiz ichki ishlar organlaridagi fidokorona mehnati, yurtimizda jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligi va xalqimiz osoyishtaligini saqlash, yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, qoidabuzarliklar profilaktikasini samarali amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari, muqaddas qasamyodiga sodiq qolgan holda oʻz burchini sidqidildan va yuksak sharaf bilan ado etib, mardlik va fidoyilik namunasini koʻrsatgani, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun" mukofotlangan.

Eslatib oʻtamiz, Hosilbek Eshnazarov 25 fevral kuni poytaxtda 10-sinf oʻquvchisi sodir etgan YTHda ogʻir jarohat olib, shifoxonada vafot etgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid