platina.uz
Jamiyat

Toshkent shahar IIBBning 2 tezkor xodimi qoʻlga olindi

Xodimlardan biri giyohvandlik moddasi ishi gumondorni jinoiy javobgarlikka tortmaslik evaziga 2200 dollar talab qilgan. 

Toshkent shahar IIBBning 2 tezkor xodimi qoʻlga olindi

Toshkent shahar IIBBning 2 nafar tezkor xodimiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida DXX xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi. Unda oʻz xizmat mavqeilarini suiistemol qilgan holda, shaxsiy boylik orttirishni rejalashtirgan Toshkent shahar IIBB 2 nafar tezkor vakilining noqonuniy harakatlari fosh etildi.

Xususan, Shayxontohur tumani IIO FMB Jinoyat qidiruv boʻlimi katta tezkor vakili Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi katta tezkor vakili bilan kelishgan holda, Olmazor tumanida yashovchi, 1982 y.t. fuqaroning yonidan 3 gr “gashish” moddasi topilganligi holati yuzasidan oʻzining ish yurituvida boʻlgan tergovga qadar tekshiruv hujjatlari doirasida gumondorni jinoiy javobgarlikka tortmaslik evaziga 2200 AQSh dollari talab qilib, muqaddam 1000 AQSh dollari oladi.

Ammo, u qolgan 1200 AQSh dollarini oʻz xizmat xonasida olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlandi.

Shuningdek, Toshkent shahar IIBB JQB katta tezkor vakili ham protsessual tartibda ushlandi.

Hozirda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan mazkur katta tezkor vakillarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid