platina.uz
Jamiyat

OTMlarning milliy reytingi joriy etildi

Milliy reyting Taʼlim sifatini taʼminlash agentligi tomonidan yuritiladi.

OTMlarning milliy reytingi joriy etildi

Oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingi joriy etildi.

Adliya vazirligi Oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish toʻgʻrisidagi nizomni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Milliy reyting Taʼlim sifatini taʼminlash agentligi tomonidan yuritiladi.

Davlat va nodavlat OTTlar quyidagi 4 ta toifa boʻyicha milliy reytingga kiritiladi:

- amaliy fanlar;

- tibbiyot fanlari;

- ijtimoiy-gumanitar fanlar;

- ijod (sport).

Har yili 1 noyabrga qadar oʻtgan yil uchun milliy reyting natijalari eʼlon qilinadi.

Bunda, har yili 1 iyunga qadar talabalar, professor-oʻqituvchilar va ish beruvchilar oʻrtasida umummilliy soʻrovnoma va xalqaro ekspertlar oʻrtasida xalqaro obroʻni baholashga qaratilgan soʻrovnoma oʻtkaziladi.

Milliy reytingni hisoblashda foydalaniladigan jami 25 ta indikatordan 5 tasi umummilliy soʻrovnoma asosida aniqlanadi hamda ushbu soʻrovnoma natijalari inobatga olinishi uchun OTTdagi talabalar va professor-oʻqituvchilarning kamida 20 foizi soʻrovnomada ishtirok etishi lozim.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid