platina.uz
Jamiyat

FVV xodimiga 30 ming dollar taklif etgan tadbirkor ushlandi

U 12 qavatli turar joy majmuasini foydalanishga qabul qilinishi boʻyicha arizani ijobiy hal qilish maqsadida pora berishga uringan. 

FVV xodimiga 30 ming dollar taklif etgan tadbirkor ushlandi

FVV xodimiga 30 ming dollar pora taklif qilgan tadbirkor ushlandi.

Poytaxtda faoliyat yurituvchi tadbirkor oʻzi rahbarlik qiladigan MChJ tomonidan Yakkasaroy tumanida barpo etilgan, lekin, bir qator kamchiliklari bartaraf etilmagan 12 qavatli turar joy majmuasini foydalanishga qabul qilinishi boʻyicha “Nazorat.MS.UZ” elektron portali orqali taqdim etadigan arizasini ijobiy hal qilib berishi evaziga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xodimiga 30 ming AQSh dollari miqdorida pora taklif etgan.

Oʻz navbatida xodim holat boʻyicha masʼullarni xabardor qilgan.

DXX va FVV ShXB hamda IJQKD hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, MChJ rahbari poytaxt FVBB xodimiga ushbu pul mablagʻini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan tadbirkorga nisbatan Jinoyat Kodeksining 211-moddasi (pora berish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Prokuratura xodimi 9 ming dollar bilan qoʻlga olindi.

U Oʻrtachirchiq tumanidagi tadbirkorga tegishli savdo doʻkonida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holati boʻyicha aniqlangan qarzdorlikni bartaraf etishni vaʼda qilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid