platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Ali Xomanaiyning vafoti sabab hamdardlik bildirdi

Bu haqda Eronning Toshkentdagi elchixonasi xabarida maʼlum qilindi. 

Shavkat Mirziyoyev Ali Xomanaiyning vafoti sabab hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Ali Xomanaiyning vafoti sabab hamdardlik bildirdi. Bu haqda Eronning Toshkentdagi elchixonasi xabar berdi.

Ushbu maktubda, jumladan, quyidagilar keltirilgan:

"Eron Islom Respublikasi Oliy diniy rahbari Oyatulloh Sayid Ali Homanaiy Hazrati Oliylari va uning oila aʼzolari vafot etgani toʻgʻrisidagi noxush xabar qalblarimizni qattiq iztirobga soldi.

U oʻzining koʻp yillik samarali faoliyati davomida Eron davlatchiligini mustahkamlash, jamiyat barqarorligi va milliy qadriyatlarni asrab-avaylash yoʻlida katta xizmatlar qildi.

Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi keng qamrovli hamkorlikni, oʻzaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshgan ul zotning yorqin xotirasi qalblarimizda doimiy saqlanib koladi".

Eslatib oʻtamiz, Eron rasmiylari 1 mart kuni Xomanaiyning oʻlimini rasman tasdiqladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid