platina.uz
Jamiyat

Prokuratura xodimi 9 ming dollar bilan qoʻlga olindi

U Oʻrtachirchiq tumanidagi tadbirkorga tegishli savdo doʻkonida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holati boʻyicha aniqlangan qarzdorlikni bartaraf etishni vaʼda qilgan. 

Prokuratura xodimi 9 ming dollar bilan qoʻlga olindi

Toshkent viloyatida prokuratura xodimiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Xususan, Toshkent viloyati prokuraturasining devonxona noziri Oʻrtachirchiq tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli savdo doʻkonida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holati boʻyicha aniqlangan 276 mln soʻmlik jarimani vakolatli tanishlari orqali bartaraf etib berish va unga nisbatan chora koʻrilmasligini taʼminlash evaziga 9 ming AQSh dollari talab qilgan.

Shuningdek, devonxona noziri hozirda Namangan shahridagi nufuzli oliygohda oʻqiyotganligi bois, talab etilgan pulni shu joyga olib kelib berishni soʻragan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda u 9 ming AQSh dollarini Namangan viloyatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan ushbu shaxs va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, devonxona noziriga nisbatan "qamoq" ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Avvalroq 33,4 ming dona kuchli taʼsir qiluvchi dorilar aniqlandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid