platina.uz
Jamiyat

Jami 33,4 ming dona kuchli taʼsir qiluvchi dorilar aniqlandi

Poytaxt koʻchalarida toʻxtatilgan "Treker"dan 12400 dona “Zardeks” va 14 dona “Regapen” dori vositalari topilgan. 

Jami 33,4 ming dona kuchli taʼsir qiluvchi dorilar aniqlandi

33,4 ming dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari aniqlandi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi, 1996 y.t. shaxs va uning 1999 y.t. samarqandlik tanishi poytaxt hududida toʻxtatilib tekshirildi.

Natijada, ularning yonida 8400 dona “Regapen” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi maʼlum boʻldi.

Shuningdek, ular vaqtinchalik ombor sifatida foydalanib kelayotgan Chilonzor tumanidagi xonadondan ham 12600 dona “Regapen” va 10 ming dona turli xildagi, ishlab chiqarish firmasi aniq boʻlmagan, qoʻlbola usulda tayyorlangan dori vositalari, dorilarni qadoqlashda foydalaniladigan 500 dona idishlar va qalbaki dorilarning qadoqlariga tegishli qaydlarni yozishga moʻljallangan markerlovchi mini-printer qurilmasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

DXX Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi hamda Ichki ishlar va bojxona organlari xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, 1994 y.t. shaxs 6 dona “Zardeks” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 600 ming soʻmga sotgan vaqtida qoʻlga olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, unga bu turdagi dori vositalarini yetkazib berib turgan, Namangan shahrida yashovchi, 1987 y.t., muqaddam sudlangan fuqaro ham poytaxt hududida ushlandi.

Uning “Treker” rusumli avtotransport vositasidan 12400 dona “Zardeks” va 14 dona “Regapen” dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid