Eronga hujum sabab kamida 555 kishi halok boʻldi
Taxminan 100 ming qutqaruvchi zarar koʻrgan hududlarga uzluksiz gumanitar yordam koʻrsatishga safarbar etilgan.

Isroil va AQSh zarbalari sabab kamida 555 eronlik vafot etdi.
Eron Qizil Yarim Oy jamiyatining Telegram kanaliga koʻra, hozirgacha AQSh va Isroilning hujumlarida kamida 555 kishi halok boʻlgan.
"131 ta shahar va tumanlarga hujum qilingan, natijada kamida 555 vatandosh halok boʻlgan", deyiladi bayonotda.
Qizil Yarim Oy vakillari taʼkidlashicha, taxminan 100 000 qutqaruvchi zarar koʻrgan hududlarga uzluksiz gumanitar yordam koʻrsatishda davom etmoqda.
28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi keng koʻlamli harbiy operatsiya boshladi. Tel-Aviv hujumlarning maqsadi Tehronning yadroviy qurolga ega boʻlishining oldini olish ekanligini aytdi. AQSh prezidenti Donald Tramp oʻz navbatida Eron dengiz floti va mudofaa sanoatini yoʻq qilish niyatini eʼlon qildi va mamlakat fuqarolarini rejimni agʻdarishga chaqirdi.
1 mart kuni esa Eron televideniyesi Oliy Rahbar Oyatulloh Ali Xomanaiyning oʻlimini eʼlon qildi.
