Eronda qolgan oʻzbekistonliklar Turkmaniston orqali olib chiqiladi
Fuqarolarni "Saraxs" chegara nazorat-oʻtkazish punktida kutib olish uchun Oʻzbekiston elchixonasi xodimlari va avtomashinalari safarbar qilingan.

Eronda qolgan oʻzbekistonliklar Turkmaniston orqali olib chiqiladi.
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Erondan Turkmaniston hududi orqali mamlakatga qaytayotgan fuqarolarga yordam koʻrsatish choralarini koʻrmoqda. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Oʻzbekistonning Ashxoboddagi elchixonasi Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi tezkor shtabi va vakolatli tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.
Oʻzbekistonning Erondagi elchixonasi bilan doimiy aloqa oʻrnatilgan. Fuqarolarni “Saraxs” Turkmaniston–Eron chegara nazorat-oʻtkazish punktida kutib olish uchun elchixona xodimlari va avtomashinalari safarbar qilingan.
Oʻzbekistonning Turkmanistondagi elchixonasi xodimlarining aloqa maʼlumotlari:
+993 64 78-04-44 – Jasur Ashurov
+993 64 99-34-58 – Jamshid Buriyev
+993 62 20-49-56 – Jasur Axmedov (konsul).
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Ali Xomanaiyning vafoti sabab hamdardlik bildirgandi.
