Epshteyn mojarosi: Bill Klinton Kongressda koʻrsatma bergan ilk sobiq prezidentga aylandi
Klinton Jeffrey Epshteynning jinoyatlariga aloqadorligini qatʼiyan rad etdi. Sobiq prezident koʻrsatmalari fonida demokratlar Donald Trampni ham Epshteyn ishi boʻyicha soʻroqqa chaqirishni talab qilib chiqdi.

AQSh sobiq prezidenti Bill Klinton Vakillar palatasi nazorati qoʻmitasi tinglovida Jeffrey Epshteynning jinoyatlariga aloqadorligini qatʼiyan rad etdi.
U marhum moliyachi bilan aloqani uning jinoiy faoliyati aniqlanishidan ancha oldin toʻxtaganini daʼvo qildi.
AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton Vakillar palatasi nazorati qoʻmitasi tinglovida Jeffrey Epshteynning jinoyatlariga aloqadorligini qatʼiyan rad etdi.
Uning soʻzlariga koʻra, moliyachi bilan aloqa uning jinoiy faoliyati aniqlanishidan ancha oldin toʻxtagan.
"Men hech narsa koʻrmadim va hech qanday yomon ish qilmadim. Agar u nima qilayotganini ozgina bilsam, nafaqat uning samolyotida uchmasdim, balki uni oʻzim rasmiylarga topshirgan boʻlardim", dedi Klinton.
Klinton shuningdek, rafiqasi Hillari Klintonning chaqiruv qogʻozini adolatsiz deb atadi va u hech qachon Epshteynning mulkiga tashrif buyurmaganligini taʼkidladi. Klinton vaqt oʻtishi bilan u barcha tafsilotlarni eslay olmasligi mumkinligini, ammo qasam ichgan holda, faqat mantiqiy va tasdiqlangan faktlarni taqdim etishni, taxminlardan qochishni niyat qilganini taʼkidladi.
Demokratlar Bill Klintonning Kongressga kelib koʻrsatma berishi katta omil ekanini aytmoqdalar. Endi ular xuddi shu asos bilan Donald Trampni ham Epshteyn ishi boʻyicha soʻroqqa chaqirishni talab qilishyapti.
Bill Klinton oʻz bayonotida "Hech kim qonundan ustun emas, ayniqsa prezidentlar" deb taʼkidlab, bu bilan bilvosita amaldagi prezident Trampga ishora qilgan.
CNN ilgari hujjatli dalillar Bill Klintonning Jeffrey Epshteyn bilan oʻzaro munosabatlarining yaqin tabiatiga ishora qilishini taʼkidlagan edi. CNN sharhiga koʻra, Bill Klinton Epshteynning shaxsiy samolyotida kamida 16 marta uchgan. Bundan tashqari, Adliya vazirligi tomonidan eʼlon qilingan ish materiallarida sobiq prezidentning ayollar bilan tushgan fotosuratlari, shuningdek, uning Epshteyn va Gisleyn Maksvell bilan tushgan fotosuratlari mavjud.
