Umra safarlari vaqtincha kechiktirildi
Yaqin Sharqda yuzaga kelgan vaziyatning keskinlashuvi hamda havo makonidan foydalanish boʻyicha joriy etilgan vaqtinchalik cheklovlar sababli qator aviaqatnovlar bekor qilindi.

Musulmonlar idorasi umra safarini vaqtincha kechiktirish haqida xabarnoma eʼlon qildi.
Aytilishicha, Yaqin Sharq mintaqasida yuzaga kelgan vaziyatning keskinlashuvi hamda havo makonidan foydalanish boʻyicha joriy etilgan vaqtinchalik cheklovlar sababli qator aviaqatnovlar bekor qilinmoqda.
Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan fuqarolarga ushbu hududdagi davlatlarga safar uyushtirmaslik, ayni paytda, oʻsha yerlarda boʻlib turgan vatandoshlarimizga esa ehtiyotkorlik choralarini kuchaytirish yuzasidan zarur tavsiyalar berilmoqda.
Mazkur vaziyatni inobatga olgan holda, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi hamda turoperatorlar tomonidan tashkil etilayotgan umra safarlari vaqtincha kechiktiriladi.
Jumladan, 2026 yil 2 mart kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan rejalashtirilgan Toshkent–Jidda yoʻnalishidagi navbatdagi umra ziyoratchilari reysi ham maʼlum muddatga qoldirilishini maʼlum qilingan.
Aviaqatnovlar qayta tiklanishi haqida rasmiy manbalar orqali qoʻshimcha axborot beriladi.
