platina.uz
Jahon

Ali Xomanaiyning oʻrniga vaqtinchalik rahbar tayinlandi

Alirizo Arafiy Eronning davlat va diniy muassasalarida katta tajribaga ega nufuzli shia ulamosi sanaladi. 

Ali Xomanaiyning oʻrniga vaqtinchalik rahbar tayinlandi

Alirizo Arafiy Eronning vaqtinchalik rahbari etib tayinlandi. U oʻtish davrida mamlakatni boshqarish vazifasi yuklatilgan boshqaruv kengashiga qoʻshildi, deb xabar berdi Eron axborot agentligi ISNA.

Nashr eʼlon qilgan maʼlumotlarga koʻra, 67 yoshli Arafi boshqaruv kengashida Eron prezidenti Masud Pezeshkiyon va Oliy sud raisi Gʻulomhusayn Mohseni Ejei bilan birga ishlaydi.

Mazkur organga mamlakat oliy rahbari vazifalarini vaqtincha bajarish vazifasi yuklatilgan.

Alirizo Arafiy Eronning davlat va diniy muassasalarida katta tajribaga ega nufuzli shia ulamosi sanaladi.

U 28 fevral kuni AQSh va Isroilning Eron hududiga havo hujumlari natijasida halok boʻlgan Eron Oliy rahbari Ali Xomanaiyning ishonchli vakili hisoblangan.

Tayinlovdan oldin Arafiy Ekspertlar Assambleyasi raisining oʻrinbosari, Konstitutsiya Qoʻriqchilar Kengashi aʼzosi va Eronning diniy taʼlim tizimi rahbari lavozimlarida ishlagan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid