platina.uz
Siyosat

Oʻzbekiston Yaqin Sharqdagi holatdan jiddiy xavotir bildirdi

TIV tomonlarni "xavfli keskinlashuvga sabab boʻladigan keyingi qadamlardan tiyilishga" chaqirgan. 

Oʻzbekiston Yaqin Sharqdagi holatdan jiddiy xavotir bildirdi

Oʻzbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat boʻyicha bayonot berdi.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskin ravishda taranglashuvi va keng mintaqada yangi ziddiyatli holat yuzaga kelganidan jiddiy xavotirdaligini bildirgan.

"Barcha tomonlarni vazminlikka daʼvat etib, nafaqat harbiy-siyosiy, balki gumanitar jihatdan oldindan koʻrib boʻlmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan xavfli keskinlashuvga sabab boʻladigan keyingi qadamlardan tiyilishga chaqiramiz.

Vujudga kelgan inqirozni xalqaro huquq normalari asosida, siyosiy-diplomatik vositalar orqali va oʻzaro maqbul muloqot yoʻli bilan hal etish maqsadga muvofiq ekanini taʼkidlaymiz", deyiladi bayonotda.

Oʻzbekiston mintaqaviy barqarorlik hamda xavfsizlikni mustahkamlashning izchil tarafdori va vaziyat eng tez fursatlarda normallashuvidan umidvor boʻlib qolishini bildirgan.

Eslatib oʻtamiz, bugun dastlab Isroil Eronga zarbalar berdi. Soʻngra AQSh hujumga qoʻshildi. Eron oʻz navbatida Isroil va AQSh bazalarini nishonga oldi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid