Toshkentda 10-sinf oʻquvchisi urib yuborgan inspektor vafot etdi
Xodim hayoti uchun xavfli jarohatlar olib, uch kun davomida shifokorlar nazoratida qolayotgandi.

Toshkentda 10-sinf oʻquvchisi urib yuborgan YPX inspektori olamdan oʻtdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati maʼlum qildi.
Joriy yilning 25 fevral kuni soat 21:48larda Toshkent shahrida xizmat olib borayotgan YPX inspektori kichik serjant Xosilbek Eshnazarov 10 sinf oʻquvchisi boʻlgan voyaga yetmagan haydovchi boshqaruvidagi "BMW" rusumli avtomashina urib yuborilgan.
Oqibatda hayoti uchun ogʻir tan jarohatlarini olib 3 kun davomida shifokorlar nazoratida boʻlgan ichki ishlar organlari xodimi koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etdi.
Kichik serjant Xosilbek Eshnazarov 2022 yildan ichki ishlar organlarida xizmat qilgan. Uning ortidan ota-onasi, ayoli, 2 nafar oʻgʻil va 1 nafar qiz farzandlari qoldi.
Eslatib oʻtamiz, oʻquvchi BMW M4 rusumli avtomashinani haydovchilik guvohnomasi boʻlmagan holda boshqargan.
