platina.uz
Iqtisod

Surxondaryodagi koʻmir zaxirasining atigi 1 foizi qazib olinyapti

Joriy yilda Boysundagi “Sanjar”, Oltinsoydagi “Oqsuv”, kelasi yil “Fangart” konlarida koʻmir qazib olish boshlanadi.

Surxondaryodagi koʻmir zaxirasining atigi 1 foizi qazib olinyapti

Surxondaryo viloyatida 100 million tonna koʻmir zaxirasi bor, ammo yiliga atigi 1 foizi qazib olinyapti. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev viloyatda oʻtayotgan yigʻilishda maʼlum qildi.

Davlat rahbari joriy yilda Boysundagi “Sanjar”, Oltinsoydagi “Oqsuv”, kelasi yil “Fangart” konlarida koʻmir qazib olishni boshlashni topshirgan.

Qayd etilishicha, Janubiy Afrikaning “Sosol” kompaniyasi koʻmirdan polipropilen, polietilen va kauchuk ishlab chiqarishga qiziqish bildirgan. Sariosiyodagi “Qorakon”, “Jemsonit”, “Chuqur”, “Bayram-1” konlariga ham xitoylik investorlar 1 milliard dollar kiritishga tayyor.

"Umuman, mazkur zaxiralar – elektrotexnika, qurilish materiallari, kimyo, metallurgiya, avtomobilsozlik tarmoqlari uchun tayyor xomashyo bazasi. Bu konlar atrofida sanoat korxonalarini joylashtirish boʻyicha hisob-kitob qilib, kamida 200 million dollarlik loyihalarni shakllantirish topshirildi", deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Boysundagi “Bezaktop” konida sifati Eron, Turkiya, Italiya bilan raqobatlasha oladigan tabiiy tosh zaxiralari oʻrganilmay turibdi. Bunday toshlar zaxirasi boʻlgan konlarda geologiya ishlarini boshlashga koʻrsatma berilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid