platina.uz
Jamiyat

Prezident Boysundagi gaz koni masalasiga ilmiy yechim topilganini aytdi

Kondagi avariya toʻxtatiladi, Surxondaryo iqtisodiyotiga katta turtki beradigan loyiha boshlanadi. 

Prezident Boysundagi gaz koni masalasiga ilmiy yechim topilganini aytdi

Surxondaryoda Prezident raisligida yigʻilish davom etmoqda.

Davlat rahbari Boysundagi gaz koni masalasiga ilmiy yechim topilganini aytdi.

Termiz – Istanbul, Termiz – Dubay yoʻnalishlarida yangi reyslar qoʻyilishi belgilandi.

Shoʻrchi, Denov, Sariosiyo, Sherobod va Boysundan kuniga 100 ming odam viloyat markaziga yengil mashinada kelib-ketyapti. Surxondaryoga olib kelinayotgan 125 ta avtobusni birinchi navbatda ushbu yoʻnalishlarga qoʻyish topshirildi.

Yil oxirigacha Muzrabotdagi 56 ming aholiga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi yetkazib berish loyihasi yakuniga yetkaziladi.

Muzrabot, Oltinsoy, Angor, Qiziriq va Boysun markazlariga kanalizatsiya olib borish loyihasi boshlanadi.

“Mustaqillikning 25 yilligi” yirik gazni qayta ishlash majmuasidagi texnologik murakkab masalaga hamkorlar bilan ilmiy yechim topilgani qayd etildi.

“Biz avariyani ham toʻxtatamiz, Surxondaryo iqtisodiyotiga katta turtki beradigan loyihani ham boshlaymiz”, – dedi Prezidentimiz.

Eslatib oʻtamiz, ilk bor 2024 yil sentabrda Surxondaryodagi konda oltingugurt gazi chiqishi kuzatilgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid