platina.uz
Jamiyat

Noqonuniy poygalar uchun javobgarlik belgilanishi mumkin

Mazkur jarayonlarni tashkil etganlik va unda qatnashganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralarini nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi. 

Noqonuniy poygalar uchun javobgarlik belgilanishi mumkin

Noqonuniy poygalar uchun javobgarlik joriy etish boʻyicha taklif kiritildi.

Adliya vazirligi tashabbusi bilan noqonuniy poygalarni tashkil etganlik va unda ishtirok etganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralarini nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilgan. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati maʼlum qildi.

Bugungi kunda yoʻllarda noqonuniy tashkil etilayotgan poygalar yoʻl harakati ishtirokchilarining xavfsizligiga, aholining osoyishtaligiga jiddiy xavf solib, inson oʻlimigacha boʻlgan oʻta salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Bu esa, aholining, shu jumladan yoʻl harakati ishtirokchilarining haqli eʼtirozlari va xavotirlariga sabab boʻlmoqda, deyiladi xabarda.

Shuni inobatga olib, Adliya vazirligi yoʻllarda noqonuniy poygalarni tashkil etish oqibatida vujudga kelayotgan yoʻl-transport hodisalarini oldini olish maqsadida maʼmuriy va jinoiy javobgarlikni joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqib, manfaatdor vazirlik va idoralarga kelishish uchun kiritgan.

Mazkur qonun loyihasi joriy yilning 17 fevral kuni manfaatdor vazirlik va idoralarga kelishishga chiqarilgan boʻlib, belgilangan tartibda kelishilganidan soʻng, jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid