platina.uz
Jamiyat

Mart oyi boshida beqaror ob-havo kutiladi

2 martda Oʻzbekiston hududiga janubi-gʻarbdan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. 

Mart oyi boshida beqaror ob-havo kutiladi

Bu yil mart oyi qanday boʻladi? Gidrometeorologiya markazi bu haqda maʼlumot berdi.

Mart oyi boshida ob-havo bahoriy beqaror boʻlishi kutilmoqda.

Bahorning birinchi kunida koʻpchilik viloyatlarda havo harorati 12-17 daraja iliq boʻlgan quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

2 martda Oʻzbekiston hududiga janubi-gʻarbdan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Respublika boʻyicha yomgʻir yogʻadi, togʻli hududlarda yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik kuzatiladi.

Keyinchalik, oyning birinchi oʻn kunligi oxirigacha yogʻingarchilik davriy boʻlib, tekislik hududlarda tanaffus bilan yomgʻir yogʻadi, togʻlarda yomgʻir va qor yogʻadi. Bu davrda havo harorati 10-15 daraja iliq atrofida boʻlishi kutilmoqda (bu iqlim meyori mosdir), ayrim kunlarda 6-9 daraja iliqqacha pasayishi mumkin.

Mart oyining ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklarida harorat kechalari 3-8 daraja iliqdan 8-13 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 12-17 daraja iliqdan 23-28 daraja iliqqacha oʻzgarib turishi kutilmoqda. Harorat pasayishi davrlari qisqa boʻladi, isish davrlari esa - davomiy boʻladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid