platina.uz
Jamiyat

Asadbek Jumayev 10 sutkaga qamaldi

Mazkur shaxs intervyusida migalkalar va boshqa qonunbuzarliklar yuzasidan jarima jazosi olganini, boshqalar 15 sutkagacha qamalishi mumkinligini aytib maqtangan. 

Asadbek Jumayev 10 sutkaga qamaldi

Qoidabuzarligi sabab oddiy jarima bilan qutilganini aytib maqtangan shaxsga jazo belgilandi.

Tyuning firmasi xodimi Asadbek Jumayev intervyularidan birida migalkalar va boshqa qonunbuzarliklariyuzasidan jarima jazosi olganini, boshqalar 15 sutkagacha qamalishi mumkinligini aytib chiqqandi. U suhbatda "tanka"lari borligiga ham shaʼma qilgan.

Soʻngra, IIBB uning ushbu soʻzlari uchun uzr soʻrab chiqqan videosini eʼlon qildi.

Oliy sud xabariga koʻra, Asadbek Jumayevga (2003 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, muqaddam maʼmuriy javobgarlikka tortilgan) nisbatan jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tuman sudining 2026 yil 16 yanvardagi qarori ustidan Mirzo Ulugʻbek tumani prokuraturasi tomonidan kassatsiya tartibida protest kiritildi.

Bugun Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida A. Jumayevga oid maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish kassatsiya tartibida koʻrib chiqilib, birinchi instansiya sudining jarima solish haqidagi qarori bekor qilindi.

Toshkent shahar sudining qaroriga muvofiq A. Jumayevga MJtKning 195-2-moddasi (huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining foto- va (yoki) videotasvirini ularning obroʻsizlantirilishiga olib keladigan tarzda buzib tarqatish) bilan 10 sutka muddatga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid