platina.uz
Jahon

"Afgʻonistonday boʻlmasligiga umid qilamiz" — Rossiya Trampning Tinchlik kengashi haqida bayonot berdi

AQSh Moskvaning muzlatilgan pullardan kengash ishiga 1 mlrd dollar ajratish taklifiga javob bermagan. 

"Afgʻonistonday boʻlmasligiga umid qilamiz" — Rossiya Trampning Tinchlik kengashi haqida bayonot berdi

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQSh prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tuzilgan Tinchlik kengashi haqida gapirdi.

Zaxarovaga koʻra, Trampning Gʻazodagi mojaroni tugatish boʻyicha keng qamrovli rejasi ilova qilingan BMT Xavfsizlik Kengashining 2803-rezolyutsiyasiga koʻra, Tinchlik Kengashi har olti oyda BMT Xavfsizlik Kengashiga oʻz ishining borishi haqida yozma hisobot taqdim etishi shart.

"Umid qilamizki, vaziyat Afgʻonistondagi missiyadagi kabi boʻlmaydi. 20 yil ichida bir marta ham amerikaliklar va NATO u yerdagi faoliyati haqida hisobot bermagan.

Biz Gʻazo sektorida umumiy normallashuvga erishish uchun saʼy-harakatlarni Falastin tomoni bilan muvofiqlashtirish muhimligini taʼkidlaymiz", deydi u.

Rossiya Bayden maʼmuriyati davrida muzlatilgan Rossiya mablagʻlaridan Falastin anklavidagi gumanitar yordam uchun Tinchlik Kengashiga 1 milliard dollar ajratishga tayyorligini yana bir bildirgan. Biroq hali Vashingtondan javob olinmagan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston ham Tinchlik kengashining taʼsischi davlatlaridan sanaladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid