Toshkentda 10-sinf oʻquvchisi YPX inspektorini urib yubordi
U "BMW M4" rusumli avtomashinani haydovchilik guvohnomasi boʻlmagan holda boshqargan.

Toshkentda 10-sinf oʻquvchisi YPX inspektorini urib yubordi.
25 fevral kuni soat 21:46 da 2010 yilda tugʻilgan voyaga yetmagan, xususiy maktabning 10-sinf oʻquvchisi “BMW M4” rusumli avtomashinani haydovchilik guvohnomasisiz boshqarayotgan boʻlgan. U Mirobod tumani Mirobod koʻchasi boʻylab harakatlanib kelayotgan vaqtda Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorini urib yuborgan.
YPX inspektori tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Bosh prokuraturaga koʻra, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tekshiruv yakunlariga koʻra qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi, deyiladi xabarda.
