Rossiyada bola hayotini saqlab qolgan oʻzbekistonlik vatanga qaytishini aytdi
Xayrullo Ibodullayev mukofot pullariga otasini davolatib, uy qurishini bildirdi. Ayni paytda uning oʻzi ham jarohat olgan va tiklanish jarayonida.

Sankt-Peterburgda 7-qavatdan tushib ketgan bolani bolani qutqargan oʻzbekistonlik Xayrullo Ibodullayev TASS agentligiga uyga qaytishni rejalashtirayotganini aytdi.
"Men hozir Oʻzbekistonga qaytishni rejalashtirmoqdaman. Mening toʻrt farzandim bor va otam kasal, shuning uchun men ularga yordam bermoqchiman va uyimni qurishni tugatmoqchiman", dedi u.
Voqea sodir boʻlgan binoda yashovchilar ham unga 180 000 rubl berishdi. Ismi oshkor qilinmagan blogger ham pul xayriya qildi. Barcha tushumlar uning oilasiga yordam berish uchun sarflanadi.
Ibodullayevning aytishicha, uning qoʻli sinib, koʻkragi jarohatlangan. Uning sogʻayishi kamida bir oy davom etadi, shuning uchun u vaqtincha ishlay olmaydi.
Hodisa 22 fevral kuni yuz berdi, Ibodullayev yiqilayotgan bolani ushlab, uning hayotini saqlab qoldi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev uni "Jasorat" medali bilan mukofotladi. Migratsiya agentligi shuningdek, Ibodullayevga bepul samolyot chiptasini berdi va Rossiyada u 13 000 dollar mukofot oldi.
