"Real" "Benfika"dan alamini oldi, "Yuventus" alamli tarzda YeChLni tark etdi
Yevropada pley-off oʻtish bahslari boʻlib oʻtdi. Turkiyaning "Galatasaroy"i kuchli raqibni musobaqadan chiqarib yubordi.

UYeFA Chempionlar ligasining pley-off bahslarining oʻtish bahslari boʻlib oʻtdi.
Dastlab Atalanta" - "Borussiya" Dortmund 4:1 hisobi qayd etildi. PSJ "Monako" bilan durang oʻynadi va 1/8 finalga yoʻl oldi.
"Real Madrid" oʻzini oʻtish oʻyinlarida oʻynashga majbur qilgan "Benfika"ni magʻlub etdi. "Yuventus" kambekni uddalay olmadi, "Galatasaroy" keyingi bosqichga chiqdi.
Musobaqaning nimchorak final juftliklari maʼlum boʻldi.
1/8 final juftliklari bilan tanishing (qurʼaga qadar boʻlgan holat)
- PSJ — "Barselona"/"Chelsi";
- "Galatasaroy" — "Liverpul"/"Tottenxem";
- "Real Madrid" — "Sporting"/"Manchester Siti";
- "Atalanta" — "Arsenal"/"Bavariya";
- "Nyukasl Yunayted" — "Barselona"/"Chelsi";
- "Atletiko Madrid" — "Liverpul"/"Tottenxem";
- "Budyo-Glimt" — "Sporting"/"Manchester Siti";
- "Bayer" — "Arsenal"/"Bavariya".
1/8 final oʻyinlarining qurʼa tashlash marosimi 27 fevral kuni soat 16:00 da (Oʻzbekiston vaqti bilan) boʻlib oʻtadi. Eslatib oʻtamiz, joriy mavsumdagi 1/8 final oʻyinlari 10-11 va 17-18 mart kunlari oʻtkaziladi.
