platina.uz
Jamiyat

Prezident Surxondaryoga tashrifni ziyoratdan boshladi

Qurʼon tilovat etilib, xalqimizga, yurtimizga tinchlik-farovonlik tilab, duo qilindi. Hakim Termiziy merosini chuqur oʻrganish boʻyicha soʻz yuritildi. 

Prezident Surxondaryoga tashrifni ziyoratdan boshladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Davlat rahbari safarini, anʼanaga koʻra, Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

Qurʼon tilovat etilib, xalqimizga, yurtimizga tinchlik-farovonlik tilab, duo qilindi.

Ulamolar bilan boʻlib oʻtgan suhbatda islom dini rivojiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk alloma, vatandoshimiz Hakim Termiziyning maʼnaviy-maʼrifiy merosini chuqur oʻrganish hamda yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik oʻrtasida keng targʻib qilish haqida soʻz yuritildi.

Shuningdek, muqaddas dinimizning ezgulik va insonparvarlik, mehr-shafqat kabi buyuk fazilatlari, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni ezgu gʻoyalar ruhida tarbiyalash, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻusini yanada kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi.

Keyingi yillarda taʼmirlanib, yanada obod va goʻzal majmuaga aylangan ushbu tabarruk maskanda ziyoratchilar uchun barcha sharoit yaratildi. Atrof obodonlashtirilib, maqbarada ham katta hajmdagi ishlar bajarildi. Zamonaviy yoritqichlar, isitish va sovitish tizimlari oʻrnatildi. Majmuada mikroiqlim yaratish uchun toʻrt mingdan ortiq 40 turdagi koʻp yillik manzarali daraxt, 20 mingdan ziyod mavsumiy anvoyi gullar ekilgan.

Islom ilmlarining tafsir, hadis, fiqh, kalom, islom falsafasi, tasavvuf tarixi, tasavvufiy qarashlar kabi sohalarida koʻplab asar yozgan mutafakkir majmuasini obod saqlash, ziyoratchilar uchun qulayliklarni kengaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid