Prezident Surxondaryoga joʻnab ketdi
Ertaga davlat rahbari viloyatni kompleks rivojlantirish boʻyicha navbatdagi ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga joʻnab ketdi.
Safarning keng koʻlamli dasturidan hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, sanoat, qishloq va suv xoʻjaligi, qurilish, ijtimoiy va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish, yangilarini ishga tushirish oʻrin olgan.

Ertaga davlat rahbari Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantirish boʻyicha navbatdagi ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazadi.
Avvalroq prezident yoshlar bilan uchrashib, muhim masalalarda yigʻilish oʻtkazgandi.
