platina.uz
Siyosat

Oʻzbekiston prezidenti Turkiya rahbarini tavallud kuni bilan tabrikladi

Prezidentlar butun musulmon ummati uchun muqaddas boʻlgan Ramazon oyi bilan ham bir-birlarini dildan qutladilar.

Oʻzbekiston prezidenti Turkiya rahbarini tavallud kuni bilan tabrikladi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 fevral kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻonni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi.

Davlatimiz rahbari Turkiya yetakchisiga mustahkam sogʻlik va farovonlik, davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, qardosh turk xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Prezidentlar, shuningdek, butun musulmon ummati uchun muqaddas boʻlgan Ramazon oyi bilan bir-birlarini dildan qutladilar.

Oʻzbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini joriy yil yanvar oyida Anqara shahrida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.

Davlatlararo hamkorlikda yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yaqinda boʻlib oʻtgan Strategik hamkorlik kengashi yigʻilishining natijalari ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtargani taʼkidlandi.

Ishlab chiqilgan "yoʻl xaritalari" asosida kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

Yetakchilar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar, boʻlajak tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid