platina.uz
Jamiyat

600 mingdan oshiq oilalarga yordam pullari toʻlab berildi

Birinchi bosqichda jami 422,4 mlrd soʻm mablagʻ toʻlangan. Ikkinchi bosqichda esa roʻyxati qoʻshimcha shakllantirilgan hamda hujjatlari oʻrganilayotgan oilalarga moddiy yordam yoʻnaltiriladi. 

600 mingdan oshiq oilalarga yordam pullari toʻlab berildi

600 mingdan oshiq oilalarga yordam pullari toʻlab berildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Prezidentning 67-son qaroriga muvofiq, ehtiyojmand aholini qoʻllab-quvvatlash maqsadida moddiy yordam toʻlovlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Birinchi bosqichda 616 305 ta oilaga jami 422,4 mlrd soʻm mablagʻ toʻlab berildi.

Jumladan:

225 541 ta oilaga 1 million soʻmdan moddiy yordam ajratildi, shundan:

- 207 661 ta — davlat taʼminotidagi oilalarga;
- 3 848 ta — yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar yashayotgan oilalarga;
- 17 032 ta — yolgʻiz yashovchi, parvarishga muhtoj keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga.

387 764 ta kam taʼminlangan oilaga esa 500 ming soʻmdan mablagʻ toʻlab berildi.

Ikkinchi bosqichda esa roʻyxati qoʻshimcha shakllantirilgan hamda hujjatlari oʻrganilayotgan oilalarga moddiy yordam yoʻnaltiriladi.

Moddiy yordam koʻrsatish jarayoni shaffoflik va manzillilik tamoyillari asosida davom ettirilmoqda.

Avvalroq Ramazonga vaʼda qilingan ijtimoiy toʻlovlar miqdori belgilangandi.

Mazkur yordamlar "Vaqf" fondi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Xalq banki tomonidan 2026 yil 1 martgacha ijtimoiy yoki plastik kartalarga tushirib berilishi koʻzda tutilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid