Qoʻqondagi portlashda bir kishi halok boʻldi
Koʻp qavatli uylardan birida gaz portlab, uning oqibatida yongʻin kelib chiqqan.

Qoʻqonda gaz portlashi oqibatida bir kishi halok boʻldi.
Bugun, 25 fevral kuni Fargʻona viloyati FVBga "112" tizimi orqali Qoʻqon shahar Boʻston MFYda joylashgan koʻp qavatli uylardan birida portlash sodir boʻlib, uning oqibatida yongʻin boʻlayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, qutqaruv boʻlinmalari aytilgan manzilga yetib borishgan hamda bartaraf etilgan.
FVV qutqaruvchilari tomonidan hodisa oqibatlarini bartaraf etish jarayonida jismlar ostidan bir nafar fuqaroning jasadi topildi.
Eslatib oʻtamiz, bir necha kun avval ham Qoʻqondagi uyda gaz chaqnashi sabab bir kishi vafot etgandi. Hodisa oqibatida jami 4 nafar fuqaro turli darajada kuyish tan jarohati oldi.
