Pedagogika OTMlarida "Qalqon" patrullari tashkil etiladi
Yangi tuzilma universitetlarda tartib-intizom va xavfsizlikni taʼminlashga koʻmaklashadi. Bu haqda tegishli nizomda maʼlum qilingan.

Pedagogika OTMlarida "Qalqon" patrullari tashkil etiladi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarida talabalardan iborat "Qalqon" patrullari faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda. Yangi tuzilma oliygohlarda tartib-intizom va xavfsizlikni taʼminlashga koʻmaklashadi. Bu haqda tegishli nizomda maʼlum qilingan.
Ushbu patrullarning asosiy vazifalari quyidagilar:
Huquqbuzarliklar profilaktikasi: talabalar oʻrtasida odob-axloq qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish va salbiy holatlarning oldini olish, sogʻlom turmushni targʻib qilish.
Ichki tartibni saqlash: OTM hududida, oʻquv binolari va talabalar turar joylarida xavfsizlikni taʼminlashda qatnashish.
Tezkor axborot berish: Shubhali vaziyatlar, xavfli holatlar yoki qonunbuzarliklar haqida masʼul shaxslarga darhol xabar berish.
Vatanparvarlik targʻiboti: Talabalar orasida huquqiy madaniyat va vatanparvarlik ruhini shakllantirish. Giyohvandlik, psixotrop moddalar iisteʼmoliga qarshi kurashish va boshqalar.
Nizomda koʻrsatilishicha, patrul aʼzolari quyidagi huquqlarga ega:
-talabalardan ichki tartib qoidalariga rioya qilishni talab etish.
-tartibbuzarlik holatlari boʻyicha rahbariyatga takliflar kiritish.
-OTMda oʻtkaziladigan ommaviy tadbirlarda xavfsizlikni taʼminlashda ishtirok etish.
Taʼkidlanishicha, patrul aʼzolari oʻz faoliyati davomida boshqa talabalarning shaʼni, qadr-qimmati va shaxsiy hayoti daxlsizligini hurmat qilishlari shart.
