platina.uz
Jamiyat

Nufuzli bankning mansabdor xodimi 30 ming dollar bilan qoʻlga olindi

U salkam 73 mlrd soʻmlik soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali bartaraf qilib berish evaziga pora talab qilgan. 

Nufuzli bankning mansabdor xodimi 30 ming dollar bilan qoʻlga olindi

Nufuzli bankning mansabdor xodimiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Mamlakatimizdagi yetakchi tijorat banklaridan birining Amaliyot boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Toshkent viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi MChJda viloyat Soliq boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan audit soliq tekshiruvi natijasida aniqlangan 72 mlrd 956 mln soʻmlik soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni mazkur tizimda yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali bartaraf qilib berish evaziga 110 ming AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda bank mansabdori kelishilgan pul mablagʻi hisobidan 30 ming AQSh dollarini oldindan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid