16,4 mlrd soʻmlik davlat xaridlarida qonunbuzilishlari aniqlandi
Birgina "Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti" DMning 1 ta 13,1 mlrd soʻmdan ortiq xaridida raqobat boʻyicha talablar buzilgan.

Raqobat qoʻmitasi tomonidan 16,4 mlrd soʻmdan ortiq davlat xaridlaridagi qonunbuzilishlar yuzasidan tegishli choralar koʻrildi.
Raqobat qoʻmitasining hududiy organlari tomonidan davlat xaridlari sohasida amalga oshirilgan monitoring va kelib tushgan murojaatlarni oʻrganishlar natijasida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli taʼsir choralari koʻrib kelinmoqda.
Xususan:
Andijon viloyati
- Andijon shahar 3-son musiqa maktabining 320 mln soʻmlik;
Jizzax viloyati
- Jizzax shahar hokimligi huzuridagi Bogʻlar va xiyobonlarni koʻkalamlashtirish obodonlashtirish va saqlash departamentining 1 ta 370 mln soʻmdan ortiq;
- Mirzachoʻl tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 1 ta 30 mln soʻmlik;
Namangan viloyati
- Mingbuloq agrotexnologiyalar texnikumining 1 ta 250 mln soʻmlik;
Navoiy viloyati
- Navbahor tumani Obodonlashtirish boshqarmasining 1 ta 55 mln soʻmlik;
Qashqadaryo viloyati
- Respublika ixtisoslashtirilgan Ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati boʻyicha Qashqadaryo viloyati filialining 1 ta 500 mln soʻmga yaqin;
Sirdaryo viloyati
- Guliston tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 1 ta 300 mln soʻmga yaqin;
Surxondaryo viloyati
- Uzun tuman 1-son Politexnikumining 1 ta 250 mln soʻmga yaqin;
- Surxondaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining 1 ta 200 mln soʻmga yaqin;
Xorazm viloyati
- Hazorasp tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 7 ta 1,1 mlrd soʻmdan ortiq;
Toshkent shahar
- “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” DMning 1 ta 13,1 mlrd soʻmdan ortiq;
eng yaxshi takliflarni tanlash savdolarini oʻrganish natijasida Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunining 29-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi, yaʼni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlar aniqlangan.
Yuqoridagilarga muvofiq, Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilish alomatlari bilan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan ishlar qoʻzgʻatilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli taʼsir choralari qoʻllanildi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berildi.
