platina.uz
Madaniyat

Yozuvchilarga oyiga 20 mln soʻmdan qalam haqi toʻlanadi

Buning uchun yangi tuzilgan “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish” jamgʻarmasi orqali eng isteʼdodli yozuvchilarga ijodiy buyurtma beriladi.

Yozuvchilarga oyiga 20 mln soʻmdan qalam haqi toʻlanadi
Foto: Platina.uz

Yangi tuzilgan “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish” jamgʻarmasi orqali eng isteʼdodli yozuvchilarga ijodiy buyurtma beriladi va bir yil davomida oyiga 20 million soʻmdan haq toʻlanadi.

Shuningdek, eng sara xorijiy adabiyotlarni oʻzbek tiliga, milliy adabiyotlarni xorijiy tillarga tarjima qilish va chop etish xarajatining yarmi qoplanadi.

Bu orqali axborot xurujlari avj olayotgan bugungi kunda yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni ommalashtirish maqsad qilingan.

Mutasaddilarga yangi oʻquv yiligacha eng yaxshi 100 ta asardan iborat kitoblar toʻplamini tayyorlab, barcha maktab va texnikumlarga yetkazish topshirildi. Maktablardagi eng faol kitobxon oʻquvchilarga 10 million soʻmdan mukofot beriladi.

Kutubxona, book cafe va kitob doʻkonlari ochib, kitob savdosini oyiga 10 ming donadan oshirgan tadbirkorlarga uch yilga 1 milliard soʻmgacha 7 foizli ssuda berish yoʻlga qoʻyiladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid