platina.uz
Iqtisod

Yoshlar tadbirkorligi uchun qoʻshimcha 200 million dollar ajratiladi

Oʻzini oʻzi band qilgan yoshlar uchun kredit miqdori 100 milliondan 300 million soʻmgacha oshiriladi. Yosh tadbirkorlar loyihalari uchun 10 milliard soʻmgacha kredit ajratish mumkin boʻladi. 

Yoshlar tadbirkorligi uchun qoʻshimcha 200 million dollar ajratiladi

Har yili 600 ming yoshlar mehnat bozoriga kirib kelmoqda, 2030 yilga borib, ular 1 millionga yetadi. Yoshlarga oʻziga mos ish topishi uchun sharoit yaratish – eng muhim masala ekani qayd etildi.

Yoshlar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazilib, ularning uchdan biri tadbirkor boʻlish istagini bildirgan. Oʻtgan yili yoshlar bandligini taʼminlash uchun banklar va Yoshlar ishlari agentligiga 400 million dollar berilgan edi.

Xususan, “Yoshlar biznesi”, “Kelajakka qadam” dasturlari hisobidan 15 ming nafar yoshlar oʻz tadbirkorligini yoʻlga qoʻydi, 50 ming odamni ish bilan taʼminladi.

Prezidentimiz yoshlar tadbirkorligi uchun qoʻshimcha 200 million dollar ajratilishini eʼlon qildi.

Oʻzini oʻzi band qilgan yoshlar uchun kredit miqdori 100 milliondan 300 million soʻmgacha oshiriladi. Yosh tadbirkorlar loyihalari uchun 10 milliard soʻmgacha kredit ajratish (hozir 5 milliard soʻmgacha) mumkin boʻladi. Innovatsion startap loyihalariga 100 ming dollargacha investitsiya kiritishga ruxsat beriladi.

Servis va umumiy ovqatlanish sohasida 1 mingdan ziyod ish oʻrni yaratgan mahalliy brendlardan franshiza olib, filial ochishga qiziqayotgan yoshlar uchun qulay moliyalashtirish paketlari joriy qilinadi.

Avvalroq haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda "Yoshlar kuni" boʻlishi belgilangandi.

Shu kuni sohaga masʼul rahbarlar mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarni eshitadi va muammosini hal qiladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid