platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Belarus bosh vazirini qabul qildi

Oʻzbekiston – Belarus sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Oʻtgan yili oʻzaro tovar ayirboshlash 25 foizga oʻsib, qariyb 1 milliard dollarga yetgan. 

Shavkat Mirziyoyev Belarus bosh vazirini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 fevral kuni mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan boʻlib turgan Belarus Respublikasi Bosh vaziri Aleksandr Turchinni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston – Belarus koʻp qirrali sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Hamkorlikda, ayniqsa, savdo-iqtisodiy sohada yuqori darajaga koʻtarilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻtgan yili tovar ayirboshlash 25 foizga oʻsib, qariyb 1 milliard dollarga yetdi. Yetakchi kompaniyalarning ustuvor tarmoqlardagi kooperatsiyasi kengayib bormoqda.

Mashinasozlik, elektrotexnika, farmatsevtika, toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoati, qishloq xoʻjaligi hamda boshqa sohalarda qoʻshma loyihalarni ilgari surish orqali iqtisodiy hamkorlikning yangi kun tartibini shakllantirish muhim ekani taʼkidlandi.

Shuningdek, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid