platina.uz
Jamiyat

Jahonning top-100 universitetlarida oʻqiyotgan oʻzbek yoshlari 3,5 mingtaga yetdi

Soʻnggi yillarda jahon fan olimpiadalarida 66 ta oltin, 147 ta kumush, 221 ta bronza medali qoʻlga kiritildi. 

Jahonning top-100 universitetlarida oʻqiyotgan oʻzbek yoshlari 3,5 mingtaga yetdi

“Koʻksaroy” qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqoti boshlandi. Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahridagi studiyalardan uchrashuvda 60 mingdan ziyod yoshlar vakillari ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari yigʻilganlarni samimiy qutladi.

“Yurtimizdagi 22 milliondan ziyod yoshlarimiz timsolida biz juda katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchni koʻramiz”, – dedi Prezidentimiz.

Har bir vazir, hokim, oliygoh rektori, texnikum, maktab direktori va boshqa masʼullar hududidagi yoshlarni til va kasb-hunar oʻrganishi, sport bilan shugʻullanishi, gʻoya, loyiha va startapiga koʻmak berib, ularni oʻstirishi, ishli va daromadli qilib, birorta yoshni eʼtiborsiz qoldirmaslikka yanada katta masʼuliyat bilan yondashib ishlashi lozimligi qayd etildi.

Yaratilgan keng imkoniyatlar natijasida soʻnggi yillarda yoshlarimiz jahon fan olimpiadalarida 66 ta oltin, 147 ta kumush, 221 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Garvard, Yel, Prinston, Kolumbiya, Kornell kabi dunyoning eng nufuzli oliygohlarida tahsil olayotgan yoshlarimiz 500 nafardan, TOP-100 talikda oʻqiyotgan oʻgʻil-qizlarimiz 3,5 ming nafardan oshdi.

Yangilikka intiluvchan yoshlarimiz yaratgan 63 ta startap loyihasi AQSh, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlar bozoriga kirib bordi.

Yosh sportchilarimiz xalqaro arenalarda 720 ta oltin, 671 ta kumush va 854 ta bronza medalining sohibi boʻldi. Bugun yosh tadbirkorlar yurtimizdagi biznes vakillarining 35 foizini tashkil etmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid