platina.uz
Jamiyat

Hokim yordamchisi 50 ming dollarga yer sotmoqchi boʻlganda ushlandi

Toshkent viloyati Qibray tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi. Hokim yordamchisi soʻralgan pul mablagʻidan 10 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushgan.

Hokim yordamchisi 50 ming dollarga yer sotmoqchi boʻlganda ushlandi

Qibray tumani hokimining MFYdagi yordamchisi 10 ming dollar bilan qoʻlga tushdi.

Toshkent viloyati Qibray tumani hokimining tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va qambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha mahalla fuqarolar yigʻinlaridan biridagi yordamchisi MFY binosi yonida joylashgan va davlat zaxirasida boʻlgan 4 sotix yer maydonini hokimlikda ishlovchi tanishlari yordamida arxiv hujjatlariga soxta maʼlumotlar kiritish orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 50 ming AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u soʻralgan pul mablagʻidan 10 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan hokim yordamchisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Jizzaxda hokimlik bosh mutaxassisi pora bilan ushlangandi.

U oʻzining oʻgʻliga tegishli boʻlgan fermer xoʻjaligining 11 gektar yer maydonini sotmoqchi boʻlgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid