Sankt-Peterburgda yosh bola hayotini saqlab qolgan oʻzbekistonlik taqdirlandi
Xayrullo Ibodullayevni "Jasorat" medali bilan mukofotlash boʻyicha Prezident farmoni eʼlon qilindi.

Sankt-Peterburgda yosh bola hayotini saqlab oʻzbekistonlik taqdirlandi.
Bu haqda prezident farmoni eʼlon qilindi.
"Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida sodir boʻlgan favqulodda va murakkab vaziyatda oʻz joni va salomatligini xavf ostiga qoʻyib, koʻp qavatli uyning yuqori qismidan pastga qulab tushayotgan yosh bolaga amaliy yordam koʻrsatgani va uning hayotini saqlab qolgani, xalqimizga xos yuksak jasorat, qahramonlik va fidoyilik fazilatlarini yaqqol namoyon etgani uchun mard va jasur yurtdoshimiz Ibodullayev Xayrullo Saydullayevich "Jasorat" medali bilan mukofotlansin", deyiladi farmon matnida.
Eslatib oʻtammz, hodisa shaharning Petrozavodskaya koʻchasida sodir boʻldi. Bola ochiq deraza yonida oʻynab yurganida yiqilib, karnizga ilinib qolgan.
